Chilonzordagi poliklinikada ro‘yxatni jinslarga ajratib shakllantirgan shifokorga chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanidagi 38-oilaviy poliklinikada ro‘yxatxona erkaklar va ayollar uchun deb ajratilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Bugungi kunda Toshkent shahrida 84 ta oilaviy va markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalar faoliyat yuritadi. Har bir poliklinikalarda elektron ro‘yxatxonalar tashkil etilgan. Poliklinikalarga tashrif buyuruvchi har qanday fuqaro yagona elektron ro‘yxatxona orqali shifokor qabuliga kiradi.
Bugungi kunda Sog‘liqni saqlash vazirligining hech qanday buyruq va talablarida ro‘yxatxonalar jinsga (erkak va ayol) qarab ajratilsin degan so‘zlar keltirilmagan va bunday buyruq ham chiqarilmagan.
“Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tashkil etilib, poliklinikada asossiz yozuvni ro‘yxatxonaga yopishtirgan bosh shifokorga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi. Kelgusida bu kabi holtalar qaytarilmasligi uchun, poytaxtdagi har bir oilaviy va markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika bosh shifokorlari ogohlantirildi”, – dedyiladi xabarda.
Sharhlar