Chilonzorda salkam 25 ming dona pirotexnika vositalarini saqlanayotgan xonadon aniqlandi

Foto: bojxona

Poytaxtning Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan tezkor kuzatuvga olingan shaxsning xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi va bu yerda xorijda ishlab chiqarilgan, muqaddam noqonuniy yo‘llar bilan respublikaga olib kirilgan 205 ta qog‘oz qutida 2 turdagi pirotexnika vositalari qonunga xilof tarzda saqlanayotganligi fosh bo‘ldi.

Rangli tutun chiqaruvchi va uchqun sachratuvchi mazkur pirotexnika vositalarining umumiy miqdori 24 ming 637 donani, qiymati esa  dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 737 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.

Hozirda mazkur pirotexnika vositalari vaqtincha saqlovga olindi hamda  holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.