Chilonzordagi xonadondan 658,6 mln so‘mlik pirotexnika vositalari topilgan
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabariga ko’ra, mas’ullar ishtirokida pirotexnika buyumlarining muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirida Chilonzor tumani, “Beshqo‘rg‘on” MFY hududida yashovchi M.K.ning (muqaddam sudlangan) xonadonidan yangi yil bayrami arafasida sotish maqsadida olib kelingan umumiy bahosi 658,6 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 4 440 dona “Creative Color Smoke” nomli hamda 20 127 dona nomi yozilmagan pirotexnika buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sharhlar