Chilonzordagi YTHda 3 nafar fuqaro halok bo’ldi
22-oktabr kuni soat 06:20 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida haydovchi S.K. (1985) “Lacetti” rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib yo’lning belgilanmagan joyidan kesib o’tayotgan 2 nafar piyoda S.K. (1953) va K.S. (1960) larni urib yuborgan va rul boshqaruvini yo’qotib, yo’l chetidagi daraxt poyasiga borib urilgan.
YTH natijasida haydovchi va piyodalar olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Ulashish:
Sharhlar