FVV qutqaruvchilari Toshkent viloyatidagi “Katta chimyon” tog‘ida adashib qolgan fuqarolarga yordam ko‘rsatdi
21-sentabr kuni soat 16:15 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bo‘stonliq tumani “Chimyon” mahalla hududidagi “Katta chimyon” tog‘iga toʻrt nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashib qolganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, fuqarolar xavfsiz hududga olib tushilgan. Tan jarohati olgan yo‘q.
Ulashish:
Sharhlar