Chiqindilarni olib chiqish sohasidagi qonunbuzarliklar: Farg‘onada 40 mlrd so‘m qarz qayta hisoblandi

Фото: Комитет по развитию конкуренции и защите прав потребителей

Farg‘ona viloyatida 2023-yil va 2024-yilning birinchi yarim yilligi uchun qarzdorlik o‘rganilganida, chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatilmagani uchun iste’molchi abonentlardan asossiz miqdorda mablag‘lar undirilgani ma’lum bo‘ldi.

2023-yilda bunday qarzlar 767 068 ta xonadon (3 141 658 nafar) uchun 30 milliard so‘mdan ortiq, 2024-yilning 6 oyida esa 784 095 (3 146 985 nafar) uy xo‘jaligi uchun qariyb 10 milliard so‘mni tashkil qilgan.

Qo‘mitaning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sanitariya korxonalari tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasi talablari buzilganligi aniqlandi.

Natijada 40 milliard so‘mdan ortiq asossiz qarzdorlik iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.