Chirchiq hokimining o‘rinbosari 1 mln dollar pora olayotganida qo‘lga tushdi
Korruptsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Bosh prokuratura boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari qo‘lga olindi.
Davlat xavfsizlik xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, u 1 million dollar evaziga, 40 million dollar sarmoya kiritish va 49 yilga yerga egalik huquqini rasmiylashtirishga yordam berish sharti bilan, shahar hokimligi zaxirasidagi 20 gektar yerni kim oshdi savdosiga qo‘yish va yutib olishni va’da qilgan.
Hozirda o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, yirik miqdorda pora olgan hokim o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Tergov davom etmoqda.
Sharhlar