Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari 1 mln. AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda. Unda Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari xizmat mavqeidan foydalangan holda, klaster shaklidagi savdo majmuasi tashkil etish uchun 40 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan, shahar hokimligi zaxirasidagi 20 gektar yer maydonini auksion savdoga chiqartirib, yutib berish va 49 yil muddatga yerga egalik qilish huquqini rasmiylashtirishda ko‘maklashish evaziga 2 mln. AQSH dollari talab qilgan. Pulning 1 mln. AQSH dollarini o‘zining haydovchisi orqali olgan vaqtida mas’ullar tomonidan qo’lga olingan.
Hozirda xizmat mavqeidan foydalanib, juda ko‘p miqdorda pora olgan hokim o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda
Sharhlar