Chirchiqda 17 yoshli yigit kanalda cho‘kib ketdi
Ma’lum qilinishicha, o‘smir 2007-yil 3-avgust kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Holat esa Chirchiq shahridagi kanalda sodir bo’lgan.
“Bolam 6 kundan beri yo‘q. Chirchiq shahridagi futbol maktabida o‘qir edi. O‘sha yerda o‘qib, o‘sha yerda trenirovkasini qilardi. Trenerlari 2-3 ta bolani yetaklab, taqiqlangan joyga olib borib cho‘miltirgan. Nega ular bunday beso‘roq olib chiqib ketadi?”,- deydi yigitning onasi.
Toshkent viloyati FVB Axborot xizmati rahbari Rustam Alimovning ma’lum qilishicha, hozirda viloyat FVBning qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, suvda qidiruv-qutqaruv ishlariga qo‘shimcha kuch sifatida FVVning respublika qutqaruv markazi tomonidan ham g‘avvos qutqaruvchilari jalb qilingan.
Sharhlar