Toshkentning uchta tumani aholisi vaqtincha chiroqsiz qoladi
Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 12-avgust kuni Toshkent shahridagi ayrim manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chirildi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati xabar berdi.
Xususan, quyidagi hududlarda elektr bo‘lmaydi:
Uchtepa tumani: «Ko‘kcha Oqtepa», «Nishab Ariq», «A.Qodiriy», «Jurjoniy», «Sharq guli», «Qoryog‘di», «Istirohat», «Degrez», «Xondamir», «Ibrat», «Beshqayrag‘och» hamda «Jarbuloq» MFYlarining ayrim hududlarida soat 11:00 dan 18:00 gacha;
Mirzo Ulug‘bek tumani: «Temur Malik» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
Bektemir tumani: «Musaffo» MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 18:00 gacha.
Sharhlar