“Chorsu” bozorida yana yong‘in chiqdi

Фото: militsiya_uzb/Telegram

Unga ko‘ra, 25-avgust kuni soat 20:48 da Shayxontohur tumani, Zarqaynar ko‘chasida joylashgan do‘konlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:53 da yetib borib, soat 21:06 da o‘chirildi. Yong‘in natijasida kiyim do‘konining ichki qismi 15 kv.m. maydonda yongan.

Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Holat oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: