Andijondagi choyxona qariyb 570 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Andijon viloyatida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 567,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar bermoqda.
“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Asaka tumanida faoliyat yuritayotgan “Z.” MCHJga qarashli choyxonaning elektr hisoblagichiga tashqi ta‘sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 567,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma‘lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Sharhlar