Christie’s auktsionida og‘irligi 37 karat bo‘lgan noyob zumrad tosh 9 mln dollarga sotildi

Фото: point.md

Ismoiliylar imomi Og‘axon III ning (hozirgi Og‘axon IV ning amakisi) o‘g‘li shahzoda Sadruddin Og‘axonning Cartier to‘g‘nag‘ichidagi zumrad tosh kimoshdi savdosida sotildi va yangi narx rekordini o‘rnatdi.

CBS News telekanalining xabar berishicha, olmoslar va zumrad tosh bilan bezatilgan to‘g‘nag‘ich rekord 9 million dollarga sotilgan. Shunday qilib, Sadruddin Og‘axonning zumradi dunyodagi eng qimmat yashil toshga aylandi.

Mutaxassislar zumradning g‘ayrioddiy shakliga urg‘u beradi: u ingichka va yassi. Bu odatda toshning rangiga salbiy ta’sir qiladi, ammo tosh hali ham yashil rangda.

Sadruddin Og‘axon 1960-yilda qaylig‘i Nina Sheyla Derauchun Cartier taqinchog‘iga buyurtma beradi. Uning iltimosiga ko‘ra, to‘g‘nag‘ichga 37 karatli zumrad va “Markiz” maxsus qirralariga ega olmos 20 ta qo‘yiladi. 1969-yilda Dera hayvonlarga yordam berish uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida zumradni kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Uni Van Cleef & Arpels frantsuz zargarlik kompaniyasi 580 ming Shveysariya frankiga sotib oldi.

Bir necha yil o‘tgach, qimmatbaho tosh olmoslar qiroli laqabli Garri Uinstonning qo‘liga o‘tadi. U to‘g‘nag‘ichdan kulon sifatida foydalanadi. 2024-yil noyabrida esa Sadruddin Og‘axonning sovg‘asi yana kimoshdi savdosida paydo bo‘ldi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.