“Chuqursoy” bojxona postida 150 mln. so‘mlik qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, tovar-moddiy boyliklarni yurtimiz hududiga noqonuniy kirib kelishini oldini olish borasida keskin kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Chuqursoy” bojxona postida navbatdagi qonunbuzilishi holatiga chek qo‘yildi.
Unga ko‘ra, bojxona postiga xorijdan keltirilgan, hujjatlarga ko‘ra “lift uchun ehtiyot qismlari” deya ko‘rsatilgan tovarlar bojxona posti xodimlari tomonidan belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
O‘tkazilgan bojxona ko‘rigi va ekspertiza natijalari shuni tasdiqladiki, lift uchun ehtiyot qismlar Tovarlarni tasniflashning 2-a qoidasiga ko‘ra, tayyor tovar sifatida tasniflanishi ma’lum bo‘ldi.
Natijada, daslabki hisob-kitoblarga asosan qiymati 1,1 mlrd. so‘mlik tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, tovarlarga nisbatan 150 mln. so‘m miqdorda qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Holat yuzasidan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiriuv va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sharhlar