Chustda fermer 608,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ch.T”. fermer xo‘jaligi rahbari X.Z. va fuqaro B.G. xo‘jalikka qarashli bog‘ hududida yer ostiga o‘rnatilgan suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 608,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar