“Click” ilovasi orqali fuqaroning 110 mln. so‘m puli o’g’irlandi
Toshkent shahrida yashovchi 28 yoshli ayol N.A. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 110 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi X.R. sodir etganligi aniqlangan.
Xabarga ko‘ra, “X.R., jabrlanuvchi N.A.ning qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini “Click” xizmati xodimi sifatida tanishtirib, uning bank plastik kartasiga kiberhujum bo‘layotganligini aytgan va “SMS” xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qo‘lga kiritib, 110 mln. so‘m miqdoridagi pullarni o‘tkazib olgan”.
Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Sharhlar