O‘zbekistonda 21-iyun kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi ma’lum qilindi
21-iyun kuni, soat 10:00 da 25 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobilining 2024-yilgi ishlab chiqarish hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi, deya xabar bermoqda UzAuto Motors. Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.
Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini va mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.
Avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim. Aks holda, mazkur shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, kontraktatsiyaga qayta qoʻyiladi. Shu munosabat bilan UzAuto Motors avtoixlosmandlardan tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishlarini so‘raydi.
Shuningdek, UzAuto Motors avtoixlosmandlardan avtomobillarni sotib olish uchun boshqa resurslardan foydalanib shartnoma tuzmaslikni hamda firibgarlardan ehtiyot bo‘lishni qat’iy so‘raydi. Savdo.uzavtosanoat.uz onlayn shartnoma tizimi barcha uchun mutlaqo bepul va tizimda hech kim uchun qandaydir alohida kirishni ta’minlaydigan imkon mavjud emas. UzAuto Motors shaxsiy ma’lumotlar uchinchi shaxslarga topshirilganda hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmasligini ma’lum qildi.
cobalolp bolmayabdi
[email protected]
Koblt mexanika
Ma’lumotlarga gap yo‘q 2 kun keyin bo‘lsa ham rahmat!
Шартномани кандай килиб олсам булали