“Crocus City Hall” terakt qurbonlarining farzandlari Toshkentga yetib keldi

Фото: kasaba.uz

Moskvadagi “Crocus City Hall”dagi teraktdan jabrlangan oilalarning bir guruh bolalari Toshkentga yetib keldi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasidan ma’lum qilishlaricha, bolalar Toshkent xalqaro aeroportida kutib olingan. Ular Toshkent viloyatidagi “Anor” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida ikki hafta dam oladi.

Qayd etilishicha, Rossiyadan kelgan yosh mehmonlar uchun bo‘sh vaqtlarini boy va qiziqarli o‘tkazishga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilgan. Oromgohda turli sport-ijodiy to‘garaklar, taniqli sportchilar, milliy hunarmandlar ishtirokida mahorat saboqlari o‘tkazilmoqda. Shuningdek, bolalarga “Super qorasoch” spektakli namoyish etiladi.

Bundan tashqari, bolalar uchun Toshkent va Samarqandning diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar tashkil etiladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.