Crocusdagi terakt qurbonlarining farzandlari Toshkentdan uylariga kuzatilib qo’yildi
Moskvadagi “Crocus city Hall”dagi terakt oqibatida jabrlangan oilalarning 100 nafar farzandi Toshkent viloyatidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida ikki hafta dam oldi. Bir kun avval Toshkent aeroportida bir guruh bolalar tantanali ravishda uylariga kuzatib qo‘yildi.
O‘zbekistonda bolalar uchun dam olish tadbirlari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan respublikaning bir qator vazirlik va idoralari ko‘magida tashkillashtirildi. Transport prokuraturasi Toshkent aeroporti bilan hamkorlikda bir guruh bolalarni kutib olish va kuzatish tadbirlari tashkil etdi.
Avvalroq, “Krokus city”dagi terakt oqibatida jabrlangan oilalar farzandlari O‘zbekistonda yetib kelgani haqda xabar bergan edik.
Sharhlar