Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Foto: gazeta.uz

Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev o‘z blogida yozishicha, Prezidentning 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi.

Bunda:

31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

1-sentabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;

2-sentabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

3-sentabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.