Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bog‘liq da’voni sud ta’minlash choralarini ko‘rishi shart
AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov da’voni ta’minlash institutining o‘ziga xos talablari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra;
⏺Da’vo – buzilgan haq-huquqni talab qilish yoki uni himoya etish haqida sudga qilinadigan murojaatdir.
⏺Da’vogarning talablari javobgar tarafidan ixtiyoriy bajarilmasligi da’voning asosiy sharti sanaladi.
⏺Ba’zan da’vo qanoatlantirilgan qarorni ijro etish juda qiyin yoki imkonsiz bo‘lishi mumkin. Bunday holatning oldini olish maqsadida qonunchilikda da’voni ta’minlash instituti joriy etilgan.
Amaldagi Fuqarolik protsessual kodeksining 105-moddasiga asosan sud da’voni ta’minlash choralarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi yoki o‘z tashabbusi bo‘yicha ko‘rishi mumkin.
“Agar da’vo davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bog‘liq bo‘lsa, sud uni ta’minlash choralarini ko‘rishi shart. Bunga sud protsessining har qanday bosqichida yo‘l qo‘yiladi”, – deyiladi xabarda.
Da’vo qanoatlantirilgan taqdirda, da’voni ta’minlash choralari hal qiluv qarori amalda ijro etilguniga qadar o‘z kuchini saqlab qoladi.
Da’voni ta’minlashning bir nechta usullari mavjud.
Sharhlar