Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida KPI tizimi joriy qilinadi

Фото: BSS.uz

“Madaniyat va san’at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-400-son, 22.11.2024) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi quyidagi miqdorlarda oshiriladi:

2025-yil 1-yanvardan boshlab – 20 foizga;

2025-yil 1-iyuldan boshlab – yana 15 foizga oshiriladi.

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.