Davlat rahbari Turkmaniston Prezidentini tavalludi bilan tabriklab, turkman xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi
O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Faol siyosiy muloqot va samarali idoralararo aloqalar, jumladan, Hukumatlararo komissiya doirasidagi hamkorlik mamnuniyat bilan qayd etildi.
“O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, “Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasi barpo etilmoqda, energetika va transport sohasidagi hamkorlik chuqurlashmoqda, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari amalga oshirilmoqda”,-dedi O’zbekiston Prezidenti.
Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari va qo‘shma tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.
Ulashish:
Sharhlar