O‘zbekistonda 1-avgustdan avtomobillarga davlat raqamlari tasodifiy tarzda beriladi

Foto: xabar.uz

O‘zbekistonda 1-avgustdan avtomobillarga davlat raqamlari tasodifiy tarzda beriladi. Bu haqda hukumatning 17-iyul kuni qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorida ma’lum qilindi.

Amaldagi tartib bo‘yicha davlat raqami belgilari o‘sib boruvchi raqamlash ketma-ketligi bo‘yicha berilmoqda (“chiroyli raqamlar” bundan mustasno, ular auksion orqali sotiladi).

Endilikda davlat raqamlari Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Davlat raqam belgilari” moduli orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Shuningdek, 1-dekabrdan YHXB mobil ilovasi, xizmatning rasmiy sayti, Call-markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va raqam berish bo‘yicha murojaatlarni yuborish va to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.