Koreya Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol rafiqasi bilan birga 13-iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 14-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston – Koreya do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Sammit yakunlari bo‘yicha bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, ikki mamlakat Prezidentlarining qo‘shma biznes-forumda ishtirok etishi kutilmoqda.
Prezident Yun Sok Yol mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishish maqsadida Samarqand shahriga tashrif buyuradi.
Sharhlar