Mo‘g‘uliston prezidenti rafiqasi bilan birga O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi
23-iyun kuni Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi Luvsandorj Bolorsetseg hamrohligida mamlakatimizga tashrif buyurdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar bermoqda.
Toshkent xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Qisqa suhbatdan so‘ng, Mo‘g‘uliston Prezidenti va uning turmush o‘rtog‘i tashrif dasturidan o‘rin olgan navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Ulashish:
Sharhlar