Davlat xaridlarida qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘ygan 535 ta mansabdorlar ma’muriy javobgarlikka tortildi

Foto: gazeta.uz

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 1 573 ta xarid yuzasidan 562 ta ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rilgan, deb xabar berdi Qo‘mita matbuot xizmati.

Qo‘mita tomonidan jami 5153 ta xaridlarda qonunbuzilish holatlari aniqlangan bo‘lib, shundan 3 423 tasi huquqni muhofaza qilish organlariga vakolat doirasida choralar ko‘rish bo‘yicha taqdim etilgan. 157 ta xaridlardagi qonunbuzilishlar buyurtmachilar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan.

Shuningdek, 1 573 ta xaridlar yuzasidan 562 ta ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rilgan. Davlat xaridlarida qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘ygan 535 ta mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

O‘tgan davr mobaynida Qo‘mitaga mazkur sohada yuridik va jismoniy shaxslardan jami 317 ta murojaat va arizalar kelib tushgan. Shundan 293 ta murojaat Qo‘mita tomonidan o‘rganilgan, 24 tasi vakolat doirasida ko‘rib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilgan.

Qo‘mitaga kelib tushgan murojaatlar o‘rganilganda, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilganligi aniqlandi. Jumladan:

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 2024-yil 7-fevralda boshlang‘ich qiymati 7 mlrd 800 mln so‘mlik axborotlashtirish qurilmalarini yetkazib berish bo‘yicha  tanlov savdosi e’lon qilingan.

Mazkur tanlov savdosida  qonunchilik talablari buzilgan deb topilib, Qo‘mitaning tegishli qaror va ko‘rsatmasi berilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filiallari jumladan, Toshkent shahar hududiy filiali 2024-yil 7-fevralda e’lon qilgan boshlang‘ich qiymati 6 mlrd 400 mln so‘mlik “Transformatorlarni ta’mirlash xizmatlari” uchun hamda Jizzax viloyati hududiy filiali tomonidan esa boshlang‘ich qiymati 1 mlrd 575 mln so‘mlik o‘tkazilgan tanlov savdolarida  ham qonunchilik talablari buzilgan deb topilgan va buyurtmachiga tanlov savdolari natijasini bekor qilinishi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasining tegishli ko‘rsatmasi berilgan.

Shuningdek,Ftiziatriya va pulmonologiya tibbiy reabilitatsiya markazining 2024-yil 6-fevralda e’lon qilingan “Shifoxonada davolanayotgan bemorlarga tayyorlanadigan parhez taomlarni tayyorlash uchun autsorsing xizmati” sohasida 1 mlrd so‘mdan ortiq tender savdolarida qonunbuzilish aniqlangan va uni bekor qilish bo‘yicha Qo‘mitaning tegishli ko‘rsatmasi berilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.