Davlat xizmatlari markazlarida soliq bo’yicha xizmatlar vaqtinchalik cheklanishi mumkin
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish hamda katta hajmdagi maʼlumotlar yangi serverlarga migratsiya qilinishi munosabati bilan joriy yilning 31-oktabr soat 23:00 dan 5-noyabr soat 23:59 ga qadar axborot tizimlarida tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi bildirildi.
“Shunga koʻra, davlat xizmatlari markazlarida Soliq qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladigan xizmatlaridan foydalanish vaqtinchalik cheklanishi mumkinligini ma’lum qilamiz”, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, shu munosabat bilan joriy yilning 30-oktabr soat 18:30 dan 5-noyabr soat 23:59 ga qadar onlayn NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati ham vaqtinchalik cheklanadi.
31-oktabr soat 23:00 dan 5-noyabr soat 23:59 ga qadar esa jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliqlarni to‘lash, soliq hisoboti va deklaratsiyalarni taqdim etish, soliq qarzdorligi haqida maʼlumotlarni elektron tarzda olish hamda boshqa elektron xizmatlardan foydalanish vaqtincha to‘xtatiladi.
Sharhlar