Jinoyat ishi qo‘zg‘atilganiga qaramay, defektolog Dilorom Jabborova Namanganda yangi markaz ochdi

Фото: Кадр из видео

Firibgarlik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, holat bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olinganiga qaramay, defektolog Dilorom Jabborova yaqinda Namanganda ovoz markazini ochdi va Buxoroda yana bir kompleksni ishga tushirishini e’lon qildi. Bu haqda “Vzglyad” nashri xabar bermoqda.

Dilorom Jabborova 1-aprel kuni qo‘lida o‘qlov bilan Namangandagi ovoz markazi tantanali ochilish marosimini o‘tkazdi. Unda o‘z farzandlarini “seans”ga yuborishni rejalashtirgan ota-onalarni ko‘rish mumkin edi.

Videolavhada Diloromning raqsga tushgani, qizil tasmani kesib, duo o‘qib, markazdagi birinchi darsga bolalar va kattalarni taklif qilgani, shundan so‘ng uning manziliga olqishlar yo‘llanganini ko‘rish mumkin. Logoped keyingi qadam Buxoro viloyati ekanini mamnuniyat bilan ma’lum qilgan, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, bir ayol duduqlangan bolani so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolashga uringani aks etgan video bo‘yicha Bolalar ombudsmani o‘rganish olib borgan hamda ish usuli mutlaqo ilmiy asoslanmagan, murakkab duduqlanish muammosiga tor va ibtidoiy yondashuvda ekanligi, D.J.ning duduqlanishni bartaraf etishda qo‘llayotganruhiy va jismoniy zo‘ravonlik usullari bolalarning sog‘lig‘i va tarbiyasiga jiddiy zarar keltirishi hamda pedagogika qoidalariga butunlay zidligi to‘g‘risida xulosa berilgan edi.

Shuningdek, defektologning harakatlarida aldash va odamlar ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini va uning mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritishda ifodalangan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan va joriy yilning 27-fevral kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.