Demokrat senatorlar Pentagonni Ilon Maskning Moskva bilan muzokaralarini tekshirishga chaqirdi
AQSh Senatidagi demokratlar vakillari Jin Shahin va Jek Rid bosh prokuror Merrik Garlend va Pentagon bosh inspektori Robert Shtorchga qo‘shma maktub yo‘llab, milliarder Ilon Mask va Rossiya rasmiylari o‘rtasidagi muloqot faktini tekshirishni talab qilishdi.
Senatorlarning fikricha, “SpaceX” aerokosmik kompaniyasi AQSh Mudofaa vazirligi va razvedka hamjamiyati bilan qo‘shma loyihalarda ishtirok etayotgan Mask o‘rtasidagi norasmiy muzokaralar AQSh milliy xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.
“Qo’shma Shtatlarning taniqli raqibi va hukumatdan milliardlab dollar olgan janob Mask o’rtasidagi bu munosabatlar uning davlat pudratchisi va xavfsizlik ruxsatnomasi egasi sifatidagi ishonchi haqida jiddiy savollar tug’diradi”, – deya iqtibos keltirgan Reuters maktubdan.
Sharhlar