O‘zbekiston demokratiya darajasi past mamlakatlar guruhiga kiritildi
O‘zbekiston Freedom House xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotining 2024-yil uchun demokratiya indeksida jami 7 balldan 1,18 ballni qo‘lga kiritdi.
Mamlakat ko‘rsatkichi 2023-yilga nisbatan pasaygan (o‘shanda 1,21 ball olgan edi).
Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa mamlakatlar ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘ldi:
- Qirg‘iziston — 1,64 ball;
- Qozog‘iston — 1,29 ball;
- Tojikiston — 1,04 ball;
- Turkmaniston — 1 ball.
Ta’kidlash joiz, Markaziy Osiyo davlatlarining barchasi “birlashgan avtoritar rejimlar”ga kiritilgan.
Ulashish:
Sharhlar