Denovda fermer 314,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan

Foto: Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Denov tumanida “X.” fermer xo‘jaligi rahbari J.X. dala yer maydonida elektr suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 314,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Yangibozor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda tumandagi “R.Y.” va “Sh.B.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari elektr suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga ulab, jami 213,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Baliqchi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.” fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi G‘.U. 100,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.