Denovda iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsuloti ishlab chiqarildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.D. yashash xonadonining yordamchi xo‘jaligida yashirin ravishda qo‘lbola yog‘ ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlandi.
Ushbu sexdan 1 020 kg texnik chigit, 448 litr qora rangli yog‘ga o‘xshash suyuqlik, 1 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar