5 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxs Turkiyada qo‘lga olindi
Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan, firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib 2019-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, 1977-y.t. Atabek Abdullayev bugun, 12-sentabr kuni Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi. Bu haqda Istanbuldagi O’zbekiston Bosh konsulxonasi xabar bermoqda.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O’zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi.
Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortganligini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolishdan ogoh bo‘lishlari so‘raldi.
Sharhlar