Derazadan mushukni otgan o‘qituvchi jarimaga tortildi

Фото: Кадр из видео

Avvalroq, Toshkentning Uchtepa tumanida o‘qituvchi o‘z o‘quvchilari olib kelgan mushukchani derazadan uloqtirgani haqida xabar berilgan edi.

Oqibatda jonivor olgan jarohatlari tufayli nobud bo‘lgan.

Ekolog.uz Telegram kanali xabariga ko‘ra, o‘qituvchi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Uchtepa tuman sudi uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan aybdor deb topib, 375 ming so‘m miqdorida jarima soldi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.