O‘zbekistonliklarga internetda diniy mazmundagi postlarga “layk” bosmaslik va boshqalarga tarqatmaslik tavsiya etildi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita o‘zbekistonliklarni ijtimoiy tarmoqlarda diniy mazmundagi materiallarga “layk” bosish yoki “ulashish”dan saqlanishga chaqirdi.
Fuqarolarga, shuningdek, tekshirilmagan audio-, foto- va videomateriallarni internetdan yuklab olishda ehtiyot bo‘lish ham tavsiya etildi.
Ta’kidlanishicha, diniy materiallarni noqonuniy tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish Ma’muriy javobgarlik kodeksining 184-moddasiga muvofiq jarimaga tortilishga sabab bo‘lishi mumkin.
Diniy materiallar davlat ekspertizasidan o‘tganidan keyingina tarqatilishi mumkin.
Ulashish:
Sharhlar