O‘zbekiston ikkita Afrika mamlakati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kabo-Verde tashqi ishlar, hamkorlik va mintaqaviy integratsiya vaziri doktor Ruy Alberto de Figeyredo Soaresh bilan birgalikda O‘zbekiston va Kabo-Verde o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma Kommyunikeni imzoladi. Bu haqda vazir o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, yangi hamkorlik mamlakatlarimiz xalqlari uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Bundan tashqari, Seyshel orollari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatildi. Seyshel tashqi ishlar va turizm vaziri Silvestr Radegond bilan uchrashuv chog‘ida tegishli Qo‘shma Kommyunike imzolandi.
“Istiqbolli hamkorlikning muhim yo‘nalishlari, ayniqsa, xalq diplomatiyasi va sayyohlik almashinuvini rivojlantirishda ko‘plab imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladik”, deyiladi xabarda.
Sharhlar