Diqqat qidirilmoqda!
Surxondaryo viloyatida 2024-yil 2-sentabr kuni yashash manzilidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan shaxs qidirilmoqda. Bu haqida viloyat IIB xabar bermoqda.
Xabarga ko’ra, qidiruvdagi shaxs Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani “Tamadun” mahallasida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan G’aniev Muxtorbek Xaydarovich sanaladi.
“Ushbu fuqaroni topilishida ma’lumot bergan shaxslarning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi hamda mukofot puli sifatifda 10 000 000 so’m beriladi”, – deyiladi xabarda.
G’aniev Muxtorbek haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘raladi.
Tel: 102, +998-91-511-00-02, +998-91-575-01-01
Ulashish:
Sharhlar