Diyora Keldiyorova Samarqandda tantanali kutib olindi (video)
“Parij-2024” olimpiadasi oltin medali sohibasi, O’zbekiston ayol sportchilari orasida birinchi olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova 16-avgust kuni Samarqandda tantanali kutib olindi. Bu haqda O’zA xabar bermoqda.
Prezident sovg‘asi – “Tahoe” avtomashinasida tug‘ilib o‘sgan yurtiga kelgan chempionni yo‘lda yurtdoshlarimiz olqishlar bilan kuzatdi.
Pastdarg‘om tumani markazidagi “Yangi O’zbekiston” maydonida o‘tkazilgan tadbirda Samarqand viloyati hokimligi rahbarlari Diyora va uning oila a’zolari, ustozlariga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alarni topshirdilar.
Viloyat hokimining o‘rinbosarlari Rustam Qobilov hamda Husan To‘xtayev, Pastdarg‘om tumani hokimi Sherzod Rahmonov Diyorani tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi. Dzyudo bo‘yicha Osiyo va jahon chempioni, Olimpiada o‘yinlari g‘olibi Diyora Keldiyorova ustozlariga, uni qo‘llab-quvvatlagan barcha yurtdoshlarimizga minnatdorlik bildirdi.
– Bu nafaqat mening, balki mening ortimda turgan, qo‘llab-quvvatlagan oila a’zolarim, ustozlarim va butun xalqimizning, sizlarning g‘alabangizdir, — dedi Diyora Keldiyorova.
Sharhlar