Diyora Keldiyorova jahon dzyudochilari reytingida o’z vaznida birinchi

Foto: olympic.uz

Dzyudochilarimizning jahon reytingidagi o‘rniga nazar tashlaydigan bo’lsak, unda Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarigacha -52 kg vazn toifasida peshqadam bo‘lib kelgan Diyora Keldiyorova Olimpiadadagi g‘alabasidan keyin yetakchilikni yanada mustahkamlab oldi. Shuningdek, 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida shohsupaga ko‘tarilgan polvonlarimiz Muzaffarbek To‘raboyev hamda Alisher Yusupov ham yuqori o‘rinlardan joy olishgan. Batafsil:

Erkaklar:
-60 kg:
1. Yung Vei Yang (Xitoy Taipeyi) …
15. Doston Ro‘ziyev
16. Dilshodbek Baratov

-66 kg:
1. Xifumi Abe (Yaponiya) …
12. Sardor Nurillayev
18. Muhriddin Tilovov

-73 kg:
1. Xidoyat Xeydarov (Ozarbayjon) …
5. Shahram Ahadov …
8. Murodjon Yo‘ldoshev

-81 kg:
1. Tato Grigalashvili (Gruziya) …
7. Sharofiddin Boltaboyev (faoliyatini yakunlagan)

-90 kg:
1. Lasha Bekauri (Gruziya) …
12. Davlat Bobonov

-100 kg:
1. Zelim Kotsoiyev (Ozarbayjon) …
4. Muzaffarbek To‘raboyev

+100 kg:
1. Minjong Kim (Koreya Respublikasi) …
8. Alisher Yusupov

Ayollar:
-52 kg:
1. Diyora Keldiyorova …

-57 kg:
1. Krista Deguchi (Kanada) …
20. Shukurjon Aminova

-70 kg:
1. Barbara Matich …
19. Gulnoza Matniyazova (faoliyatini yakunlagan)

Reytingda peshqadam va TOP-20 talikdan joy olgan o‘zbekistonlik atletlar ko‘rsatilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.