Diyora Keldiyorova ketma-ket raqiblarini mag’lub etmoqda, u yarim finalda
Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining dzyudo bahslarida kunning eng muhim voqeligi yuz bermoqda. Birinchi davradan erkin oʻtgan o‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova (-52 kg) ikkinchi bosqichda Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni, yaponiyalik Uta Abega roʻbaroʻ keldi. Ushbu vaznning ikki nomdor sportchilari oʻrtasida bahsda Keldiyorova gʻalaba qozonib, eng asosiy raqibni yoʻldan olib tashladi.
“Diyora Keldiyorova sportda imkoni yo’q degan jumla mavjud emasligini, har qanday raqibni mag’lub etish mumkinligini ko’rsatdi. Uning yaponiyalik Uta Abeni dog’da qoldirgan harakati yil ipponi nominatsiyasi uchun eng asosiy da’vogarga aylandi” – deyiladi xabarda.
Shuningdek, u navbatdagi jangida, chorak finalda Germaniya vakili Masha Ballhaus bilan uchrashdi va uni ham mag’lub etib yarim finalga yo’l oldi.
Ma’lumot uchun, Diyora Keldiyorova 2019-yilda Al-Fujayra shahrida (BAA) o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida 52 kilogrammgacha vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Shuningdek, u Jahon chempionati va Jahon harbiy o’yinlarining sovrindori.
Sharhlar