Yaponiyaning Maydzuru shahar hokimi Diyora Keldiyorovaga maktub yo‘lladi

Yaponiyaning Maydzuru shahri hokimi Kamoda Akitsu XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida g‘oliblikka erishib, o‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochgani bilan Diyora Keldiyorovani tabriklab, maktub yo‘lladi.

Yaponiyalik siyosatchi O‘zbekistonda dzyudo sport turiga berilayotgan e’tibor, Diyora Keldiyorovaning iste’dodi, uning dzyudoning nozik usullaridan chuqur xabardorligi, bilim va salohiyati tahsinga sazovorligini ta’kidlagan.

Shuningdek, O‘zbekiston va Yaponiya dzyudo federatsiyalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani, do‘stona munosabatlar ramzi sifatida Diyora Keldiyorova “Tokio-2020” hamda “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlariga aynan Tokioda o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etganini, bu, yaponiyalik dzyudo ixlosmandlariga cheksiz faxr bag‘ishlaganini bildirib o‘tgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.