Dog‘istonda uch kunlik motam e’lon qilindi
Maxachqal’a va Derbentda jangarilarning hujumlari munosabati bilan Dog‘istonda uch kunlik motam e’lon qilindi. Bu haqda respublika rahbari ma’muriyati Sergey Melikovning Telegram kanalida ma’lum qiligan.
“Dog‘istonda 24, 25 va 26-iyun kunlari motam kuni deb e’lon qilindi. Farmonni hozirgina Sergey Melikov imzoladi”, — deyiladi xabarda.
Butun respublika bo‘ylab motam kunlarida davlat bayroqlari yarim tushiriladi. Viloyatda joylashgan madaniyat muassasalari hamda teleradiokompaniyalar barcha ko‘ngilochar tadbirlar va eshittirishlarni to‘xtatadi.
“Dog‘iston Respublikasi hukumatiga halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish vazifasi topshirildi”, — deyiladi rasmiy xabarda.
Dog‘istonda noma’lum shaxslar pravoslav cherkovi va sinagogaga hujum qilgan edi.
Qasim-Jomart Toqayev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Dog‘istondagi pravoslav cherkovi va sinagogada sodir etilgan, din va huquq-tartibot idoralari xodimlarining o‘limiga sabab bo‘lgan teraktlar munosabati bilan hamdardlik bildirgan.
Sharhlar