O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun qaysi mamlakatlarga ko‘chib ketmoqda?
Statistika agentligi 2024-yil yanvar-iyun oylari mobaynida O‘zbekiston bo‘yicha jami ko‘chib ketganlar soni bo‘yicha axborot taqdim etdi.
2024-yil yanvar-iyun oylarida ko‘chib ketganlar soni 120,6 ming kishini tashkil etdi, shundan erkaklar soni 52,8 ming kishini, ayollar soni 67,8 ming kishi, ko‘chib ketganlar soni shahar joylarida 83,9 ming kishini, qishloq joylarida 36,7 ming kishini tashkil etdi.
2024-yil yanvar-iyun oylarida ko‘chib ketganlarni yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlaganda 11,2 % mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 81,0 % mehnatga layoqatli yoshdagilar va 7,8 % mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston Respublikasi (jami 81,5 %), Rossiya Federatsiyasi (15,0 %), Janubiy koreya (0,7 %), Qirg‘iz Respublikasi (0,7 %), Turkmaniston Respublikasi (0,3 %) va boshqa mamlakatlar (1,8 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ta’kidlanishicha, ko‘chib ketganlar soni – ko‘chib ketganlarning absolyut miqdori, ya’ni muayyan hududdan uning tashqarisiga ko‘chib ketganlardan iborat. Ichki ishlar organlari tomonidan aholini yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan chiqarishda tuziladigan ko‘chib ketishni statistik hisobga olish varaqalarini qayta ishlash natijasida aniqlanadi;
Sharhlar