Donald Tramp o‘zining bo‘lajak ma’muriyatini shakllantirishni yakunladi
Oxirgi nomzod AQSHning saylangan prezidenti qishloq xoʻjaligi departamentiga rahbarlik qilishni taklif qilgan Bruk Rollins edi. Bu haqida BBC xabar bermoqda.
Trampning birinchi muddati davomida Rollins uning ichki siyosat bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan. Keyin u Trampning siyosiy va iqtisodiy g‘oyalarini ilgari surish maqsadida tashkil etilgan Amerika Birinchi Siyosat Institutining ijrochi direktori bo‘ldi. Uning nomzodi Oq uy apparati rahbari lavozimiga da’vogarlar orasida ko‘rib chiqildi, biroq bu lavozim Trampning saylov kampaniyasi rahbari Syuzi Uaylsga nasib etdi.
Ulashish:
Sharhlar