Doniyor Axmedov va Yoqutxon Xolbekova ham Paralimpiyadadagi ishtirokini yakunladi
Bundan biroz avval para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida T13 klassida 100 metrga yuugurish bo‘yicha saralash bahslari yakunlandi. Ushbu dasturda startga chiqqan vakilimiz Doniyor Axmedov 11.42 soniya natija bilan o‘zining joriy mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. Biroq ushbu natija hamyurtimizning keyingi bosqichga chiqishiga yetarli bo‘lmadi.
Shuningdek, Para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida T12 klassida uzunlikka sakrash dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Yoqutxon Xolbekova 3.43 metr natija qayd etdi va musobaqani 9-o‘rinda yakunladi.
Ma’lumot uchun, amaldagi jahon chempioni hisoblangan hamyurtimiz Yoqutxon Xolbekova musobaqadan oldingi mashg‘ulot jarayonida olgan jarohati tufayli yuqori natija qayd eta olmadi.
Sharhlar