MDH bosh kotibi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Rossiyaning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi doirasida MDH bosh kotibining o‘rinbosari, O’zbekiston diplomati Ilhom To‘ychiyevich Ne’matovni Rossiya Federatsiyasining “Drujba” (“Do‘stlik”) ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar berdi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Ilhom Ne’matovning MDHni rivojlantirishdagi xizmatlarini, O’zbekistonning Rossiyadagi elchisi sifatidagi faoliyati davomida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasini qayd etib, mukofotni topshirdi.
Ulashish:
Sharhlar