Dovurxon Karomatov bronza uchun kurashadi, boshqa sportchilar esa ishtirokini yakunladi

Фото: paralympic.uz

Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J2 klassida -90 kg vazn toifasida bahs olib borayotgan hamyurtimiz Dovurxon Karomatov ukrainalik Oleksandr Nazarenkoga qarshi yarim final bellashuvini o‘tkazdi.

Afsuski, vakilimiz ushbu bahsda raqibiga imkoniyatni boy berdi va bronza medali uchun kurashadigan bo‘ldi.

Shuningdek, erkaklar o‘rtasida S12 klassida 100 metrga batterflay usulida suzish bo‘yicha saralash bahsida qatnashgan Dmitriy Xorlin 1 daqiqa 2.54 soniya natija qayd etdi va vakilimiz ushbu natija orqali final bosqichiga o‘ta olmadi.

Para velosport bo‘yicha erkaklar o‘rtasida C1-3 klassida 71 km masofaga o‘tkazilgan shosse poygalarida startga chiqqan sportchi Gʻolibbek Mirzayorov belgilangan masofani 1 soat 59.17 daqiqada bosib o‘tdi. Sportchimiz ushbu natija orqali musobaqani 21-o‘rinda yakunladi.

Para pauerlifting bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -88 kg vazn toifasida bahslar o‘z yakuniga yetdi. Ushbu dasturda ishtirok etgan hamyurtimiz Xusniddin Usmonov 208 kg natija qayd etgan holda musobaqani 5-o’rinda yakunladi.

Para dzyudo bo’yicha erkaklar o’rtasida J1 klassida -90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Turg’un Abdiyev bronza medal uchun kechgan bellashuvda mezbon Fransiya vakili Kril Jonardga imkoniyatni boy berdi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.