Dunyoning eng yaxshi universitetlari ro’yxati e’lon qilindi

“Shanghai Ranking” konsalting kompaniyasi jahon universitetlarining 2024-yil uchun akademik reytingini (ARWU) e’lon qildi.

Belgiyaning ikkita: Leven katolik (KU Leuven) va Gent universitetlari (UGent) yana 2024-yilgi Jahon Universitetlari Akademik Reytingining (ARWU) eng yaxshi 100 taligiga kirdi.

Reytingda Garvard universiteti birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinni Stenford va MIT egalladi. Boshqa eng yaxshi 10 ta universitet: Kembrij (4-o‘rin), Berkli (5-o‘rin), Oksford (6-o‘rin), Prinston (7-o‘rin), Kaltex (8-o‘rin), Kolumbiya (8-o‘rin) va Chikago (10-o‘rin).

Yevropada eng yuqori reyting o‘rinlari quyidagilar bo‘ldi: Parij-Sakle universiteti (12-o‘rin), uch pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi, keyin “ETH Zurich” (21-o‘rin).

Osiyo universitetlari orasida Sinxua universiteti (22-o‘rin) o‘z mavqeini saqlab qoldi va Osiyodagi eng yaxshi universitet maqomini yana tasdiqladi.

Melburn universiteti 37-o‘rinni egalladi va 2011-yildan beri ketma-ket o‘n to‘rt yil davomida Okeaniyadagi boshqa universitetlar orasida yetakchilik qilib keladi.

Oltita universitet ARWU 2024 reytingida kuchli 100 talikdan joy oldi, jumladan Ogayo shtati universiteti – AQSHdan Kolumbus (82-o‘rin), Saudiya Arabistonidan Qirol Saud universiteti (90-o‘rin), Finlyandiyadan Xelsinki universiteti (99-o‘rin) va uchta xitoylik universitetlari: Uxan universiteti (89-o‘rin), Sian universiteti Szyaotun (95-o‘rin) va Sichuan universiteti (98-o‘rin).

2003-yildan beri “Shanghai Ranking” cobyektiv ma’lumotlarga asoslangan dunyoning eng yaxshi universitetlarini o‘z ichiga oladi, ular uchun bu baholash nafaqat global universitetlar reytingining ko‘rsatkichi, balki ishonchli reyting sifatida ham e’tirof etiladi. Joriy yilda 2,5 mingdan ortiq muassasa tadqiqotga kiritildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.