Dushanbe-Varzob-Xo‘jand avtoyo‘lida sodir bo‘lgan avtohalokat oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
2024-yil 2-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da Dushanbe-Varzob-Xo‘jand avtomobil yo‘lining 50-kilometrida halokatli YTH sodir bo‘ldi.
Xo‘janddan Dushanbe tomon harakatlanayotgan “Daewoo Nexia” davlat raqami 40N174 GB uz yengil avtomobili “KamAZ” yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Hodisa oqibatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan avtomashina haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi (ikki erkak va bir ayol) voqea joyida halok bo‘lgan. Avtomashina haydovchisi: Nurmahmad Boygitov, 1964-yil 11-mayda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasining Farg‘ona viloyatida yashagan. Boshqa qurbonlarning shaxsi aniqlanmoqda. Shu kuni qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ma’lumot yuborilgan.
Voqea oqibatlarini bartaraf etish uchun voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo‘mitasining navbatchi qutqaruvchilar smenasi jo‘natilgan. Voqea joyiga yetib kelgan FVQ Ixtisoslashtirilgan qidiruv-qutqaruv xizmati boshqarmasi qutqaruvchilari maxsus asboblar yordamida jasadlarni shikastlangan avtomobillardan chiqarib, ichki ishlar xodimlariga topshirgan.
Sharhlar